Markaziy bank 9 ta tijorat bankini ogohlantirdi
“Kapitalbank”, “Anorbank” va “Ravnaq-bank” iqtisodiy sanksiyalar va eksportga taqiqlar bilan bog‘liq xatarlarni boshqarishga doir yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun ogohlantirildi.

Foto: Markaziy bank
Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2023 yilning yanvar oyi davomida aniqlangan qoidabuzarlik holatlari bo‘yicha banklar, nobank mikromoliya tashkilotlari va to‘lov tashkilotlariga nisbatan ta’sirchan choralar ko‘rilgan. Xususan, “O‘zmilliybank”, “Mikrokreditbank”, “Aloqabank”, “Turonbank”, “Qishloqqurilishbank” va “Asakabank” quyidagi kamchiliklar sabab ogohlantirilgan:
- moliyaviy yo‘qotishlarga qarshi zaxiralar yaratilmagani;
- kredit tavakkalchiliklarini kamaytirish bo‘yicha yetarli tahlillar olib borilmagani;
- muammoga aylanishi mumkin bo‘lgan kreditlarni erta aniqlash, vujudga kelishi mumkin bo‘lgan kredit tavakkalchiliklarini kamaytirish bo‘yicha yetarli tahlillar olib borilmagani;
- kreditlar monitoringi, axborot tizimi va kredit qarzdorliklarini undirish ishlari talab darajasida tashkil etilmagani.
Shuningdek, “Kapitalbank”, “Anorbank” va “Ravnaq-bank” iqtisodiy sanksiyalar va eksportga taqiqlar bilan bog‘liq xatarlarni boshqarishga doir yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani sababli ogohlantirilgan.
“Cash U mikromoliya tashkiloti” MChJ “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 4 va 6-moddalariga amal qilmagan holda iste’molchiga xizmatlari haqida o‘z vaqtida to‘g‘ri va tushunarli ma’lumot bermagani va iste’molchilarning xizmat haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish huquqi buzilgani sababli 30 mln so‘m jarimaga tortilgan.
Qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘z faoliyatini boshlamagani uchun “E-services House” mas’uliyati cheklangan jamiyatidan to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasi chaqirib olingan.
Avvalroq, Alisher Usmonovga aloqador kompaniya “Kapitalbank”ning 50 foiz ulushini sotib olgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

18:43 / 05.03.2025
Kredit olishni o‘ziga taqiqlash imkonini beruvchi qonun qabul qilindi

17:22 / 05.03.2025
O‘zbekiston yanvarda eng ko‘p oltin sotib olgan davlatga aylandi

16:49 / 27.02.2025
25 yil oldingi 100 ming so‘m hozir qanchaga teng? – MB inflatsiya kalkulyatorini ishga tushirdi

12:29 / 14.02.2025