Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda «Tez yordam» haydovchisi yana hujumga uchradi
Bemorning yaqini feldsherga yaxshi qaramagani uchun kuch ishlatmoqchi bo‘lgan, haydovchi esa uni himoya qilmoqchi bo‘lgan.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Sergeli tumanida «Tez yordam» xodimlari kaltaklangani aks etgan video tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, hodisa joriy yil 27 fevral kuni tongda Sergeli-4 dahasida ro‘y bergan.
«Soat 03:25 larda Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent shahar filiali CALL-markaziga Sergeli tumani 4-dahasidagi xonadonlarning biridan chaqiriq kelib tushgan. Shundan so‘ng murojaat tegishliligi bo‘yicha tumandagi 8-bo‘limga uzatilgach, TTYo brigadasi xodimlari — shifokor T.A. va feldsher X.O. belgilangan manzilga sanoqli daqiqalar ichida yetib borgan.
Kaltaklanishi oqibatida jiddiy tan jarohati olgan 1979 yilda tug‘ilgan bemor ayol A.A.ga «103» brigadasi tomonidan darhol birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shuningdek, feldsher X.O. bemorning holatidan kelib chiqib, uni zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi toksikologiya bo‘limiga olib borish kerakligini aytgan.
Shu payt bemorning tanishi, 1990 yilda tug‘ilgan fuqaro K.A. uni go‘yoki A.A.ga yaxshi qaramayotganlikda ayblab, feldsherga tahdid qilgan. Qolaversa, mushtumzo‘r fuqaro tibbiyot xodimini himoya qilgan tez tibbiy yordam haydovchisi, 1970 yilda tug‘ilgan T.S.ni urib, unga jiddiy tan jarohati yetkazgan», deyiladi vazirlik xabarida.
Oqibatda jabrlangan tez tibbiy yordam haydovchisi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan. Tekshiruvlar natijasida u «Bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi, burun suyagining sinishi, burun yumshoq to‘qimalarining lat yeyishi» dastlabki tashxisi bilan neyroxirurgiya bo‘limiga yotqizilgan. Hozir bemor belgilangan standartlar asosida tibbiy muolajalarni olmoqda.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan 33 yoshli fuqaro K.A. ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ichki ishlar organlari tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Chelsi» finalda dahshatli «PSJ»ni yirik hisobda yengdi
Sport | 02:13
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
Mavzuga oid

15:14 / 08.07.2025
AQShga ishga yuborish evaziga 22 ming dollar olgan shaxslar ushlandi

12:10 / 16.03.2025
Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

12:23 / 13.03.2025
Toshkentda o‘quvchi qizga shilqimlik qilgan o‘qituvchi 5 sutkaga qamaldi

14:32 / 25.01.2025