“O‘zavtoyo‘lbelgi” mansabdorlari korrupsiyada gumonlanmoqda
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi “O‘zavtoyo‘lbelgi” DUK mansabdorlari 2 mlrd so‘mdan ko‘proq mablag‘ni talon-toroj qilganlikda gumonlanyapti.

Foto: Kun.uz
Huquq-tartibot idoralari Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidagi “O‘zavtoyo‘lbelgi” DUK faoliyatida noqonuniy holatlarni aniqladi, deya xabar bermoqda O‘zA.
Ma’lum qilinishicha, DUK mansabdor shaxslari 2021-2022 yillarda o‘zlariga tanish bo‘lgan 5 ta mahalliy MChJ bilan jami 9 mlrd 193 mln so‘mlik 21 ta shartnoma tuzib, ulardan yo‘l belgilarini yasash va chizishda foydalaniladigan mahsulotlarni erkin bozor narxlaridan qimmat narxlarda xarid qilib, 2 mlrd 701 mln so‘m miqdoridagi budjet mablag‘larini talon-toroj qilgan bo‘lishi mumkin.
Holat yuzasidan korzxona va 5 ta MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ma’lumot uchun, 2017 yilda “O‘zavtoyo‘lbelgi” korxonasiga istisno tariqasida mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan eng yaxshi taklif orqali mahsulotlarni sotib olish to‘g‘risidagi shartnomalarni tanlov savdolarini o‘tkazmasdan tuzishga ruxsat berilgan.
Mavzuga oid

23:54 / 13.03.2025
Indoneziya prezidenti korrupsionerlar uchun qamoqxona qurilishini e’lon qildi

13:20 / 13.03.2025
Bosh prokuraturada jinoyatchilikning oldini olish masalasida idoralararo yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

12:21 / 05.03.2025
Davlat xizmatchilari daromadini deklaratsiyalashga oid qonunni qabul qilish vaqti keldi - prezident

11:44 / 05.03.2025