O‘zbekistonlik 12 nafar bokschi Bolgariyadagi turnir finaliga chiqdi

Sport 10:37 / 26.02.2023 29467

Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha Stranja—2023 musobaqasining oltinchi kungi janglari yakunlandi.

25 fevral kuni ushbu turnirda 18 nafar o‘zbekistonlik bokschi yarimfinal janglarida ishtirok etdi. 11 nafar o‘zbekistonlik bokschi o‘z janglarini g‘alaba bilan yakunladi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Bahodir Jalolovning yarimfinaldagi raqibi ham jangga chiqmagani sababli, to‘g‘ridan to‘g‘ri finalga yo‘l oldi. Uning chorakfinaldagi raqibi, Qozog‘iston milliy jamoasi yetakchisi Qamshibek Qo‘nqabayev ham jarohat tufayli ringga chiqishdan bosh tortgandi.

Chorakfinalda Abdumalik Xalakov, Lazizbek Mullojonov va Madiyar Saidrahimov kabi nomdor bokschilar muvaffaqiyatsizlikka uchrab, ishtirokini to‘xtatgandi.

Hadichabonu Abdullayeva, Shunqor Abdurasulov, Dilshod Abdumurodov, Nurislom Ismoilov, Havasbek Asadullayev va Jasurbek Yo‘ldoshev esa final ostonasida mag‘lubiyatga uchrab, bronza medali bilan kifoyalandi:

  • – 48 kg: Saidaxon Rahmonova – Kalaivani (Hindiston) 5:0 g‘alaba
  • – 63 kg: Xadichabonu Abdullayeva – Keona Sam-Sin (Niderlandiya) 2:3 mag‘lubiyat
  • – 48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev – Yergunal Sebatin (Bolgariya) 3:2 g‘alaba
  • – 51 kg: Hasanboy Do‘stmatov – Jimao Jang (Xitoy) 4:1 g‘alaba
  • – 54 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov – Federiko Serra (Italiya) 3:2 g‘alaba
  • – 60 kg: Shunqor Abdurasulov – Radoslav Rosenov (Bolgariya) 1:4 mag‘lubiyat
  • – 60 kg: Adhamjon Muhiddinov – Dilshod Abdumurodov 5:0
  • – 63,5 kg: Ruslan Abdullayev – Maks Makkleri (Avstraliya) 5:0 g‘alaba
  • – 63,5 kg: Mujibillo Tursunov – Emilo Garsiya (AQSh) 4:1 g‘alaba
  • – 67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev – Gurgen Madoyan (Armaniston) 5:0 g‘alaba
  • – 67 kg: Bekzod Hamidov – Sebastyan Terteryan (Daniya) 5:0 g‘alaba
  • – 71 kg: Nurislom Ismoilov – Erdemir Tugrulxan (Turkiya) 0:5 mag‘lubiyat
  • – 71 kg: Saidjamshid Ja’farov – Nikolay Terteryan (Daniya) raqib 1-raunddan so‘ng jangni davom ettirishdan bosh tortdi
  • – 75 kg: Havasbek Asadullayev – Villiam Cholov (Bolgariya) 2:3 mag‘lubiyat
  • – 80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev – Robbi Gonsales (AQSh) 0:5 mag‘lubiyat
  • – 86 kg: Shohjahon Abdullayev – Georgi Kushitashvili (Gruziya) 5:0 g‘alaba
  • +92 kg: Bahodir Jalolov – Muhammad Abdullayev (Ozarboyjon) raqib jangga chiqmagani sababli, Jalolov finalga yo‘l oldi.

Final janglari bugun bo‘lib o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: