Qashqadaryodagi «metan zapravka»da Nexia-3 portlab ketdi
Hodisa oqibatida mashina to‘liq yaroqsiz holga kelgan.

Foto: FVB matbuot xizmati
Qarshi shahridagi avtomobillarga siqilgan gaz quyish shoxobchasida gaz olayotgan Nexia-3 portlab ketgan.
Qashqadaryo viloyat FVBning xabar berishicha, hodisa bugun 2023 yil 24 fevral kuni soat 16:08 larda sodir bo‘lgan.
Ma’lum qilinishicha, Nasaf ko‘chasida joylashgan “NeW POVeR” «metan zapravka»sida Nexia-3 mashinasiga gaz quyilayotgan vaqtda unga o‘rnatilgan gaz balloni portlagan.
Oqibatda mashinaning orqa qismi to‘liq shikastlangan. Hodisa joyida yong‘in sodir bo‘lmagan va hech kim tan jarohat olmagan.
Qayd etilishicha, hozirda, holat bo‘yicha tegishli soha vakillari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
«Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha haydovchilardan o‘z boshqaruvidagi avtomobillarni vaqtida texnik ko‘rikdan o‘tkazishlarini va barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilishlarini so‘raydi», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

21:01 / 01.08.2024
Andijonda metan gazning maksimal narxi 3750 so‘m etib belgilandi

21:20 / 31.03.2024
Metan gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddati uzaytiriladi

16:18 / 24.08.2023
Gaz quyish shoxobchalarida navbatlar yuzaga keldi - Energetika vazirligi munosabat bildirdi

14:48 / 06.05.2023