Malayziyaga bormoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga mahalliy talablar eslatildi
O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yilning noyabr oyida Uzbekistan Airways aviakompaniyasining «Toshkent-Kuala-Lumpur-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha muntazam havo qatnovlari tiklanganidan so‘ng ushbu mamlakatga borayotgan fuqarolar sonining o‘sishi kuzatilyapti, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Shutterstock
Hozirgi vaqtda Malayziyaga kirish uchun O‘zbekiston fuqarolariga 30 kungacha viza talab qilinmaydi. Shu bois Malayziyaning migratsiya qonunchiligiga muvofiq, O‘zbekistondan borayotgan fuqarolar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari shart:
- amal qilish muddati 6 oydan kam bo‘lmagan xorijga chiqish pasporti;
- mazkur davlatga kirgan sanadan boshlab 30 kun ichida qaytish yoki uchinchi davlatga borish aviachiptasi.
Shuningdek, pasport nazoratidan o‘tayotganda fuqarolardan mehmonxona (yotoqxona)ni band qilganligi to‘g‘risida hujjat va mamlakatda bo‘lishlari uchun yetarli mablag‘ mavjudligini tasdiqlash talab qilinishi mumkin.
Zarur hollarda Malayziya IIV Migratsiya departamenti vakillari chegara o‘tish joylarida (Kuala-Lumpur xalqaro aeroporti va boshqalar) chet el fuqarolariga mamlakatga kirishni rad etish huquqiga ega.
O‘zbekistonning Kuala-Lumpurdagi elchixonasi Malayziyaga sayohat qilishni rejalashtirayotgan vatandoshlarni mahalliy hokimiyat organlari talablarini inobatga olishga chaqirdi.
Mavzuga oid

16:52 / 17.02.2025
Malayziyada ayol oilasi bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish uchun ishga har kuni samolyotda qatnayapti

16:35 / 07.02.2025
Malayziya va Indoneziya ziyoratchilari uchun O‘zbekistonda “Umra plyus” turpaketi yo‘lga qo‘yiladi

11:15 / 07.02.2025
O‘zbekiston va Malayziya muhim resurslar sohasidagi loyihalar bo‘yicha kelishuvga erishdi

18:27 / 06.02.2025