Toshkentdagi masjid tahoratxonasida o‘g‘rilik sodir bo‘ldi
Jabrlanuvchi kurtkasi cho‘ntagidan olib ketilgan hamyonda pul bilan birga hujjatlari ham bo‘lganini aytmoqda. Holat kuzatuv kameralariga tushib qolgan.

21 fevral kuni Toshkent shahridagi Minor jome masjidi tahoratxonasida o‘g‘rilik sodir etildi. Noma’lum shaxs tahorat olayotgan fuqarolardan birining kurtkasi cho‘ntagidan hamyonini olib ketgan. Ushbu holat esa kuzatuv kamerasiga tushib qolgan.
“Peshin namozini o‘qish uchun masjidga bordim. Tahoratxonada kurtkamni yechib qo‘yib, tahorat olayotgandim. Shu jarayonda cho‘ntagimdan hamyonimni o‘g‘irlab ketishibdi. Kuzatuv kameralarida bir fuqaro go‘yoki o‘zining kurtkasini olgan bo‘lib, o‘g‘rilik qilgani tushib qolgan.
Hamyonimda uncha ko‘p pul bo‘lmagan. Ammo hujjatlarim, jumladan, haydovchilik guvohnomam bor edi. Odamlar hatto masjidda ham ogoh bo‘lishlari kerakligini tushundim”, — deydi Kun.uz’ga murojaat qilgan fuqaro.
Jabrlanuvchi darhol holat yuzasidan IIBga murojaat qilgan.
Tavsiya etamiz
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
Orzu-havas niqobini kiygan kimo‘zarga o‘ynash: hukumat to‘ylarni tartibga sola oladimi?
O‘zbekiston | 17:00 / 30.04.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
NYT: Isroildan Ukrainaga Patriot kompleksi yuboriladi
Jahon | 14:21
-
M25 konida ulkan gaz favvorasi yuzaga keldi
O‘zbekiston | 14:06
-
Zelenskiy Chexiyada: Rossiya bilan sulhga istalgan vaqtda erishish mumkin
Jahon | 13:50
-
Ayrim o‘qituvchilar uchun maqsadli magistratura joriy etiladi
O‘zbekiston | 13:29
Mavzuga oid

20:04 / 18.04.2025
Sirdaryoda bir necha o‘g‘rilik sodir etgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

14:35 / 15.03.2025
Peruda pul o‘g‘irlagan maymun politsiya tomonidan qo‘lga olindi

16:29 / 06.03.2025
AQShda erkak zargarlik do‘konidan 770 ming dollarlik ziraklarni o‘g‘irlab, yutib yubordi

09:40 / 06.03.2025