Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Azim Mullaxonov Muqimiy teatriga direktor bo‘ldi
Teatrga shu vaqtgacha Aleksandr Bekjonov rahbarlik qilayotgan edi.

Foto: Muqimiy teatri matbuot xizmati
O‘zbekiston va Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Azim Mullaxonov Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga direktor etib tayinlandi. Bu haqda 22 fevral kuni teatrda O‘zbekiston Madaniyat va turizm vazirligi vakillari va teatr jamoasi ishtirokida yig‘ilishda ma’lum qilindi.
«O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari Bahodir Ahmedov yig‘ilishni ochib, teatr san’ati oldida turgan ayrim masalalar va ularning yechimlari, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida fikrlashildi.
Shundan so‘ng, Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga direktor etib O‘zbekiston va Qozog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Azim Mullaxonov hamda teatr bosh rejissyori etib Doston Haqberdiyev tayinlanganligi rasman e’lon qilindi», deyiladi xabarda.


Ma’lumot uchun, Azim Mullaxonov 1960 yilning 17 fevral kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. U uzoq yillar Muqimiy teatrida ishlagan, 2014 yilda 88 yoshida vafot etgan O‘zbekiston xalq artisti Farog‘at Rahmatovaning o‘g‘li hisoblanadi.
Azim Mullaxonov 15 yoshida Muqimiy teatriga ovoz muhandisi sifatida ishga qabul qilingan. Keyinroq O‘zbekiston xalq artisti Nabi Xalilov dirijyorligidagi orkestrda gitarachi bo‘lgan. 1990 yili o‘tkazilgan Botir Zokirov nomidagi tanlovda oliy o‘rinni qo‘lga kiritga, «Shaytanat» teleseriali uchun ijro etgan qo‘shig‘i tufayli xalq e’tiboriga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, Muqimiy teatriga 2016 yildan direktor bo‘lgan O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov 2021 yil 15 aprel kuni koronavirus tufayli 58 yoshida vafot etgandi. Shundan so‘ng uning o‘rnini aktyor Aleksandr Bekjonov egallagandi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tashabbusli budjet» jarayonlarining 2-mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 01:06
-
«Ruslar qandaydir tarixchi bilan keldi». NATO bosh kotibi Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibini tanqid qildi
Jahon | 00:58
-
Trampning «katta chiqishi»: hammasi o‘zgarishi mumkin
Jahon | 23:54 / 14.07.2025
-
Avstarliyada syorfer yigit bir kecha okeanda qolib ketdi
Jahon | 23:51 / 14.07.2025
Mavzuga oid

11:50 / 15.12.2024
Muqimiy teatrida “Jadidlar” spektakli premerasi o‘tkazildi

08:24 / 14.06.2024
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Malika Qayumova vafot etdi

07:56 / 09.06.2021