2023 yil 15 fevral kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida “Korzinka” supermarketlar tarmog‘ining birinchi B2B formatdagi do‘konining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Kompaniya “Korzinka Biznes” brendi ostida biznes uchun ulgurji savdoning yangi yo‘nalishini yo‘lga qo‘ydi. Do‘konning savdo maydoni 1800 kvadrat metrni tashkil etadi.
“Korzinka Biznes” — bu “ Anglesey Food” kompaniyasining faqat yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun ulgurji savdoga yo‘naltirilgan maxsus bo‘linmasi. Loyiha kichik va o‘rta biznes xaridorlari uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida yaratilgan: narxlardan tortib, qulay xarid jarayoni va hujjatlarni rasmiylashtirishgacha.
Tantanali ochilish “Korzinka Biznes” joylashgan hudud — “Home Spot” savdo markazida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda turli biznes sohalari vakillari, jumladan, turli kompaniyalar egalari, kafe va restoran tarmoqlari hamda ko‘plab ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirning rasmiy qismi “Korzinka” supermarketlar tarmog‘i va “Korzinka Biznes” ulgurji do‘koni asoschisi Zafar Hoshimovning nutqi bilan boshlandi.
“Korzinka 26 yil ichida birgina oziq-ovqat do‘konidan yirik chakana savdo tarmog‘iga aylandi. Biz chakana savdo sohasining barcha muammo, qiyinchilik va og‘riqlaridan boshqalardan ko‘ra ko‘proq xabardormiz. Biz chakana savdo yanada tartibli, yanada shaffof, mahsulotlar xavfsizligi ta’minlangan bo‘lishidan manfaatdormiz, niyatimiz iste’molchilarimizning butun chakana savdo sektoriga bo‘lgan ishonchi va hurmati ortib borishidan iborat. Aynan shu maqsadda yangi B2B formatini ishga tushirdik. Korzinka Biznesʼning barcha hamkorlari va mijozlari bilan birgalikda o‘sish maqsadida biz o‘z resurslarimiz bilan bo‘lishishga qaror qildik”, — dedi Zafar Hoshimov.
Keyingi so‘z “Korzinka Biznes” yo‘nalishi rahbari Aleksandr Lyapustinga berildi.
“Nega aynan Korzinka Biznes? Chunki bozorda ko‘plab korxona va tashkilotlar bor, ularning barchasida sifatli tovarlarga ehtiyoj mavjud. Gap nafaqat yirik korxonalar, balki kichik do‘konlar, shuningdek, kafe, restoran va mehmonxonalar haqida ham ketmoqda. Biz har tomonlama qulay yechimni taklif qilyapmiz: ulgurji narxlar, bir joyda tovarning katta zaxiralari, standartlarga muvofiq saqlash sharoitlari. Do‘konda 3,5 mingga yaqin turli xil tovarlar, shuningdek, 800 kggacha yuk ko‘tara oladigan maxsus aravalar taqdim etilgan”, — ta’kidladi Aleksandr.
Tadbir mehmoni, Sergeli tumani hokimi Elbek Shukurov barchani yangi formatdagi do‘kon ochilishi bilan tabriklab, shu kabi loyihalar ahamiyati va tadbirkorlar uchun ochiq imkoniyatlar haqida so‘zladi.
“O‘ylaymanki, tumanda nafaqat bu turdagi loyihalar, balki kichik shoxobchalarning ochilishi ham uning iqtisodiyotiga ta’sir ko‘rsatish nuqtai nazaridan quvonchli hodisa hisoblanadi. Nafaqat iqtisodiyot o‘sishi, balki aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish va sifatli mahsulotlarni yetkazib berish ham juda muhim. Bugungi kunda tumanimizda Korzinka brendining 5 ta loyihasi mavjud. Shu bilan birga, respublikamizda Korzinka Biznes loyihasi birinchi bo‘lib Sergeli tumanidan boshlanishi, albatta, bizda faxr-iftixor uyg‘otadi. Bugungi kunga kelib, Korzinka brendi yurtimizda shaffoflik va yaxshi xizmat namunasi. O‘z navbatida, Sergeli tumani hokimligi barcha tadbirkorlik va biznes vakillariga doim ochiq va har doim ko‘mak berishga tayyor. Sergeli tumaniga xush kelibsiz”, — dedi Elbek Shukurov.
Tadbir barcha ishtirokchilarning do‘kon bo‘ylab sayohati bilan davom etdi. Ko‘plab mehmonlar klub kartalarini ro‘yxatdan o‘tkazish istagini bildirdilar, Korzinka Biznes mutaxassislari esa bunda ularga maxsus mo‘ljallangan peshtaxtalarda yordam berdilar.
Korzinka Biznes kimlarga mos keladi?
• Qayta sotish maqsadida tovarlarni xarid qilish uchun kichik chakana savdo shoxobchalari, minimarketlar, maishiy xizmat ko‘rsatish do‘konlari egalariga;
• Ovqat tayyorlash uchun tovarlardan foydalanadigan kafelar, restoranlar, mehmonxonalar, fast-food va boshqa umumiy ovqatlanish korxonalari egalari;
• O‘quvchilar ovqatlanishini tashkil etish maktablar, bolalar bog‘chalari va boshqa ta’lim muassasalari;
• Ofis ehtiyojlari, xodimlar uchun sovg‘alar, korporativ tadbirlar va o‘z faoliyati davomida yuzaga keladigan boshqa ehtiyojlar uchun tovarlar sotib oladigan har qanday boshqa korxona va tashkilotlar.
Ushbu do‘kon faqat yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan. Ularning har biri o‘z ehtiyoj, imkoniyat va xususiyatlariga ega biznesdir. B2B yo‘nalishidagi yangi format biznesning o‘zi va umuman zamonaviy chakana savdo rivojlanishini rag‘batlantiradigan xaridlar uchun eng qulay yechimni topishga imkon beradi.
Korzinka Biznesda tovarlar sotib olinganda ular uchun barcha tegishli hujjatlar tuziladi: shartnoma, hisob-faktura, tovar xususiyatlari va boshqalar. Shunday qilib tadbirkor va korxonalar QQS solig‘i bo‘yicha bo‘shliqlarsiz qulay va shaffof ish yuritish imkoniga ega bo‘ladi, bu esa ularning raqobatbardoshligini oshiradi.
Shuningdek, Korzinka Biznesʼda tadbirkorlar uchun tovarlarni donalab sotib olish imkoniyati ham bor. Tovarlarning minimal miqdori mahsulot turiga qarab, odatda kamida ikkitadan bo‘ladi. Do‘kondagi har bir narx yorlig‘ida tovarlarning sotib olishga ruxsat berilgan minimal miqdori, shuningdek, bir birlik narxi ko‘rsatilgan.
Korzinka Biznesʼdan xarid qilish uchun ro‘yxatdan o‘tib, klub kartasini bepul olish kerak. Ro‘yxatdan o‘tish Korzinka Biznes vakili orqali do‘konning o‘zida joylashgan ma’lumot markazi va (+998) 93-123-14-14 telefon raqami orqali amalga oshiriladi.
Qanday qilib Korzinka Biznes mijozi bo‘lish, tovarlar uchun to‘lovni qanday o‘tkazish va xaridlarda qanday cheklovlar mavjudligini biznes.korzinka.uz rasmiy veb-saytidan bilib olishingiz mumkin.
Korzinka Biznes – manfaatli hamkorlik
Korzinka Biznesning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari:
Telegram: t.me/korzinkabiz
Instagram: instagram.com/korzinkabiz
Facebook: fb.com/korzinkabiz
Reklama