Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonlik talaba Sardorbek Turkiyada qutqaruvchilarga yordam bermoqda
G‘oziantep viloyati Islohiya shahriga yordam berish uchun kelgan ko‘ngilli qutqaruvchilar orasida o‘zbekistonlik yoshlar ham bor ekan. Biz Izmir oliygohlaridan birida tahsil oluvchi, qashqadaryolik Sardorbek Hasanov bilan suhbatlashdik.

— Bu yerga qanday kelib qoldingiz?
— Zilzila bo‘lgan joyga ikki kun oldin kelishimizdan avval bizga, O‘zbekiston askarlari kelishgan, rus, ingliz, o‘zbekcha biladigan tarjimon kerak deyishdi. Shunga aloqaga chiqib, shu orqali ikki kun oldin keldim.
— Bu yerda nimalarga shohid bo‘ldingiz?
— Hozir holat ko‘rib turganingizdek, juda yomon. Orqamizdagi binolar misol uchun ko‘rinishidan butun ko‘rinadi, biroq osti ketgan. Xavfli. Hech kim yashamaydi. Hamma hozir ko‘chalarda o‘rnatilgan chodirda yashayapti. Uyi yo‘qlar chodirlarga, tanishi, qarindoshi borlar shaharlarga ketishdi.
— Aholiga qanday yordam beryapsiz?
— Hozirgi kunda shifokorlar bilan birgalikda yordam beryapmiz. Undan tashqari, omborxonalarga yopinchiqlar kelyapti. Omborxonalarga va shifokorlarga yordam beryapmiz.
— Hozir bu videoni ko‘rgandan so‘ng ko‘pchilikning bu yerdagilarga yordam bergisi keladi. Nimalar ehson qilish mumkin? Odamlar nimalarga muhtoj?
— Bu yoqqa hozir hamma narsa lozim. Asosan odamlar bir marta kiyilgan kiyimlar berib yuborishyapti. Aytmoqchimanki, iloji boricha issiqroq narsalar berib yuborish kerak. Havo harorati kechasi –10 darajagacha sovib ketyapti. Shuning uchun issiqroq narsalarga ehtiyoj bor.
— Oziq-ovqatlarga-chi?
— Oziq-ovqatlar berilyapti. Umuman olganda oziq-ovqatlar yetarli. Issiq kiyim, gigiyenik vositalarga ko‘proq ehtiyoj bor. Bu yerda suv chiqmayapti. Aytishlaricha, odamlar orasida 10-15 kunlab yuvina olmagan odamlar bor ekan.
Sardor Usmoniy suhbatlashdi
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qozog‘iston ko‘chmas mulk bozori. Narxlar qanday?
Ko‘chmas mulk | 15:35
-
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33
-
Rossiya universitetlarining o‘zbekistonlik talabalar uchun kvotalari oshishi mumkin
O‘zbekiston | 15:25
-
Ukrainada korrupsiyaga qarshi xizmatlar mustaqilligi bekor qilinishi mumkin
Jahon | 15:09