Amerikacha futbol Superkubogi finali reklama rekordini yangiladi 

Sport 23:23 / 13.02.2023 26870

2023 yilgi Milliy Futbol Ligasi (NFL) chempionati finalida «Kanzas-Siti Chifs» jamoasi «Filadelfiya Iglz» klubini 38:35 hisobida mag‘lub etdi. Superkubok (Super Bowl) efiridagi 30 soniyalik reklama narxi esa 7 mln dollarga yetdi. 

Ushbu o‘yin Amerikada eng ko‘p teletomoshabin to‘playdigan muhim media tadbirlaridan biri hisoblanadi. Unda amerikacha futbolning eng zo‘r o‘yinchilaridan tashqari, shou-biznes olamining mashhurlari (bu gal Rianna) ham ishtirok etadi. Superkubok NBC va Fox kompaniyalari tomonidan galma-gal translatsiya qilinadi. 

Qayd qilish joizki, Super Bowl o‘yinida reklama uchun 50 daqiqa ajratilgan. Reklama vaqtini 30 soniyadan boshqa formatlarda ham sotib olish mumkin - 15, 45 soniya, 1 daqiqa va undan ortiq. 1 soniyaning o‘ziga xos narxi buyurtmaning umumiy davomiyligiga bog‘liq. Tashkilotchilar reklamadan umumiy hisobda 700 mln dollar ishlab olishi mumkin. 

NFL finallarini translatsiya qilish paytida 30 soniyalik reklamaning narxi AQSh sport sanoatida eng ko‘p kuzatiladigan ko‘rsatkichlardan biridir. Superkubok birinchi marta o‘tkazilgan 1967 yilda 30 soniyalik reklama narxi 40 ming dollarga teng edi. 10 yil o‘tgach, narx 125 ming dollarga yetdi. 1996 yilda qiymat 1 mln dollarga yetdi. 2017 yilda u 5 million dollarni tashkil etdi. 7 mln dollarlik hozirgi ko‘rsatkich ham bu marrada uzoq vaqt ushlanib qolmasa kerak. 

Ko‘proq yangiliklar: