Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi - FVV
Qor ko‘chkisi xavfi bartaraf etildi.

Foto: FVV matbuot xizmati
9 fevral kuni Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
«FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Qamchiq dovoni soat 23:30 da avtomobillar harakati uchun qayta ochildi», deyiladi xabarda.
Qamchiq dovoni 9 fevral kuni soat 13:30 dan qor ko‘chkisi xavfi tufayli transport vositalari harakati uchun vaqtincha yopilgan edi.
Mavzuga oid

13:28 / 09.03.2025
FVV gaz ta’minoti o‘chib qayta yonganda qanday ish tutish bo‘yicha muhim qo‘llanmani eslatdi

10:52 / 05.03.2025
Shavkat Mirziyoyev FVV rahbari nega ishdan olinganini aytdi

19:26 / 04.03.2025
FVVning yangi vaziriga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

14:18 / 14.02.2025