Maymun chechagi pandemiyasi bekor qilinishi mumkin
So‘nggi to‘rt hafta ichida maymun chechagi qayd etilgani yuzasidan 30 ta mamlakat hisobot taqdim etgan.

Foto: AP
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga ko‘ra, mpox (maymun chechagi) epidemiyasi boshlangandan buyon ushbu kasallikni yuqtirganlar soni 85 ming nafardan oshdi. Ulardan 92 nafari xastalik oqibatida hayotdan ko‘z yumdi.
Xususan, so‘nggi to‘rt hafta ichida maymun chechagi qayd etilgani yuzasidan 30 ta mamlakat hisobot taqdim etgan.
Umuman, epidemiya davridagi jami bemorlarning 90 foizi Janubiy va Shimoliy Amerika qit’alarida yashovchi aholi vakillaridir. Qolgan holatlarning aksariyati Yevropa davlatlarida ro‘yxatga olingan.
Dunyodagi epidemiologik vaziyatni hisobga olib, JSST o‘tgan yil 23 iyulda mpox virusini pandemiya deb e’lon qilgandi. Ammo keyingi paytlarda kasallanish holatlari sezilarli darajada pasaymoqda.
Shu bois tashkilot rahbari Tedros Gebreyyesus maymun chechagi pandemiyasini bekor qilish masalasini ko‘rib chiqish taklifini o‘rtaga tashladi.
Eslatib o‘tamiz, mpox virusi alomatlari asosan isitma, umumiy intoksikatsiya va tanada toshmalar bilan namoyon bo‘lmoqda.
Mavzuga oid

00:47 / 07.03.2025
JSST: 1 mlrd inson eshitish qobiliyatini yo‘qotishi mumkin

16:42 / 21.02.2025
AQSh BMT tarkibidan chiqish va uni moliyalashtirishni to‘xtatish masalasini ko‘rib chiqadi

15:37 / 21.02.2025
Xitoyda ko‘rshapalaklar orasida yangi koronavirus aniqlandi

19:01 / 20.02.2025