Qamchiq dovonida 4 fevral kuni Mercedes-Benz yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, holat shu kuni soat 01:53 da A-373 avtomobil yo‘lining 227-kilometrida yuz bergan. Toshkent—Vodiy yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Mercedes-Benz yuk mashinasida yong‘in yuzaga kelgani to‘g‘risida Qamchiq Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasiga xabar tushgan.
Zudlik bilan voqea joyiga yong‘in-qutqaruv ekipajlari yetib borib, yong‘in soat 02:28 da to‘liq bartaraf etilgan.
Avtomashina yuk xonasida bo‘lgan mahsulotlarning asosiy qismi va haydovchining hayoti yong‘indan saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.