O‘zbekiston hududiga nam havo massalari kirib keladi

O‘zbekiston 11:41 / 03.02.2023 13090

Respublika hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Janubi-g‘arbiy va janubiy hududlarda - kun davomida, markaziy hududlarda esa – kunning ikkinchi yarmida, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida - kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Respublika shimolida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, ertaga respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Yakshanba kuni hududning katta qismida yomg‘ir yog‘ishi to‘xtaydi, faqat kechasi va ertalab markaziy va sharqiy hududlarda biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Ushbu kunlarda havo harorati kechalari 0-5 daraja iliq, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda bugun kechga tomon va ertaga vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Yakshanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi va ertalab biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi 0-3 daraja iliq, kunduzi 7-10 daraja iliq bo‘ladi.

3-5 fevral kunlari tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Ko‘proq yangiliklar: