Oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi o‘zgaradi

O‘zbekiston 10:12 / 03.02.2023 10622

O‘zbekiston oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 15-, 31-, 71-, 81-bandlari hamda ushbu nizomning 1-ilovasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi nazarda tutilmoqda.

2004 yildan boshlab chegarachilar uchun ofitser kadrlarni tayyorlash maqsadida sobiq Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtining (hozirgi kunda O‘zbekiston Qurolli kuchlari akademiyasi) umumqo‘shin fakultetida chegarachilar guruhi tashkil qilingan.

Ushbu guruhga nomzodlarni qabul qilish masalasi (harbiy-professional yo‘naltirish va dastlabki saralab olish tadbirlari) Davlat xavfsizlik xizmati oliy harbiy ta’lim muassasalariga nomzodlarni qabul qilish tartibi hamda Davlat xavfsizlik xizmati ichki idoraviy hujjatlariga muvofiq amalga oshirib kelinmoqda.

O‘zbekiston Qurolli kuchlari akademiyasi bakalavriat bosqichining “Qo‘shinlarning taktik qo‘mondonligi (chegara qo‘shinlari)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga nomzodlarni qabul qilish davomida harbiy-professional yo‘naltirish va dastlabki saralab olish tadbirlarini huquqiy jihatdan rasmiylashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 27 dekabrdagi 775-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizom yangi 19-1-band bilan to‘ldirilishi nazarda tutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: