AGTKSlarga berilayotgan kunlik gaz miqdori hozirgi 1 mln kubometrdan bir hafta ichida 5 mln kubometrga yetkaziladi

O‘zbekiston 13:22 / 03.02.2023 21326

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashdi.

Qayd etilishicha, sanoat va xizmat ko‘rsatishni tiklash uchun, respublika bo‘yicha:

  • kuniga 80 million kub metr gaz va 126 million kilo-vatt soat elektr yetkazib beriladi;
  • bir hafta ichida gaz quyish shoxobchalariga kunlik 5 million kub metr gaz yetkazib beriladi (hozir – 1 million kub metr).

Iqtisodiyotda yo‘qotishlar o‘rnini qoplash va biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun bugun alohida prezident qarori imzolangan.

2 ming nafar kichik va o‘rta tadbirkorlarning yanvar-martda muddati keladigan 4,7 trillion so‘m kredit to‘lovlari 1 iyunga qadar uzaytiriladi, 29 mingta tadbirkorning 2 trillion so‘m soliqdan qarzini 1 iyulga qadar foizsiz, qo‘shimcha garovsiz va “penya”siz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi. 

Quvvati pasaygan 545 ta sanoat korxonasiga ishlab chiqarishni tiklash va aylanma mablag‘ uchun 8 trillion so‘m kredit ajratiladi, nosoz uskunalarni ta’mirlashga kreditlar ajratiladi, ular bo‘yicha 2,5 milliard so‘mgacha kafillik beriladi va kredit stavkasining 4,5 foizi qoplab beriladi.

Ko‘proq yangiliklar: