Toshkentda Devis Kubogi doirasida O‘zbekiston va AQSh tennischilari bahslashadi 

Sport 21:45 / 02.02.2023 28064

3-5 fevral kunlari Toshkentda tennis bo‘yicha O‘zbekiston va AQSh milliy jamoalari o‘yinlari o‘tkaziladi. Bahslar Respublika olimpiya zaxiralari maktabining yopiq kortlarida bo‘lib o‘tadi. 

Milliy jamoalar norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis Kubogi saralash bosqichi doirasida o‘zaro to‘qnash keladi. G‘olib jamoa sentabr oyida o‘tadigan Devis Kubogining 1/16 final bosqichiga yo‘l oladi. 

Uchrashuvning ilk kunida ikkita yakkalik bahsi, ikkinchi kuni esa bitta juftlik va ikkita yakkalik bahsi o‘tkaziladi. 

Qur’a natijasiga ko‘ra, 3 fevral kuni Sergey Fomin AQSh vakili Makkenzi Makdonald bilan, Humoyun Sultonov esa Tommi Pol bilan kortga chiqadi. 

4 fevral kuni o‘tadigan o‘yinlarning yakkalik bellashuvlarida Sanjar Fayziyev (O‘zbekiston) – Ostin Kraychek (AQSh), Sergey Fomin (O‘zbekiston) – Rajiv Ram (AQSh) ro‘baro‘ kelsa, juftlik o‘yinlarda Sergey Fomin/Humoyun Sultonov tandemi Tommi Pol/Makkenzi Makdonald bilan kuch sinashadi. 

Taqqoslash uchun, ATP reytingida Tommi Pol 32-, Makdonald 63-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Fomin 362-, Sultonov 489-, Fayziyev esa 1178-pog‘onani egallab turibdi. 

Juftlik bahslarida ishtirok etadigan Rajiv Ram juftliklar reytingida 3-, Kraychik esa 10-o‘rinda qayd etilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: