«Chelsi» Enso Fernandes transferini e’lon qildi

Sport 15:40 / 01.02.2023 30194

Klub rasmiy sayti argentinalik futbolchi «Benfika»dan «Chelsi»ga o‘tganini ma’lum qilgan. Kelishuv necha yilga imzolangani haqida ma’lumot bermagan. 

Avvalroq, Portugaliya klubi 22 yoshli yarimhimoyachi transferi uchun London klubidan 121 million yevro to‘lov qilinishi haqida ma’lum qilgan edi. Unga ko‘ra, to‘lov bir necha qismga taqsimlanib, dastlabkisida 45 mln yevro to‘lansa, qolgan qismi 15 mln yevrodan beshga bo‘linib to‘lanadi. Enso «aristokratlar» bilan 2031 yilga qadar shartnoma imzolaydi.

Shu tariqa, Enso 121 mln yevro rekord narx bilan Grilishni ortda qoldirib, APL tarixidagi eng qimmat transferga aylandi. Jyek 2021 yilda 117 mln yevro (100 mln funt) evaziga «Aston Villa»dan «Manchester Siti»ga o‘tgandi.

Ma’lumot uchun, Fernandes joriy mavsumda Portugaliya chempionatida 17ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol va 5ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Ko‘proq yangiliklar: