«Abu Saxiy» savdo markazi matbuot kotibi Bunyod Xamidovning Kun.uzʼga ma’lum qilishicha, yong‘inga avtobusning motor qismidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.
Savdo markazining yong‘in xavfsizligi, ichki ishlar va xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida yong‘in bartaraf qilindi.
Yong‘in oqibatida fuqarolar va yo‘lovchilardan hech kim jabrlanmagan.