Surxondaryoda onasidan ajralib qolgan ayiq bolasi topildi

Jamiyat 16:23 / 25.01.2023 22038

O‘rmon nazoratchilari ayiq bolasini o‘rmon xo‘jaligiga olib borgan. U o‘rmon xo‘jaligi binosida  ichimlik suvi, sabzavotlar, o‘rmon mevalari va non bo‘laklari bilan oziqlantirilib, vaqtinchalik saqlab turilgan.

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘i turiga mansub bo‘lgan ushbu ayiq bolasi onasi uyquga ketishidan oldin adashib qolgani taxmin qilinmoqda.

Qishning hozirgi sovuq kunlarida uning yovvoyi tabiatda ozuqa topolmay nobud bo‘lishi hamda brakonerlar tomonidan ovlanishi ehtimoli yuqori ekani inobatga olinib, Tabiat resurslari vazirligi tomonidan ayiq bolasi veterinariya ko‘rigidan o‘tkazish va vaqtincha saqlab turish maqsadida Toshkent hayvonot bog‘i qoshidagi reabilitatsiya markaziga topshirilmoqda.

Vazirlik hamda Toshkent hayvonot bog‘i mutaxassislari bahor fasli boshida ushbu ayiq bolasini «Uzun» davlat o‘rmon xo‘jaligidagi tabiat bag‘riga qo‘yib yuborishni rejalashtirmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: