“O‘zim jag‘ suyagimda aniqlangan o‘simta oqibatida ikki marta og‘ir operatsiyani boshdan kechirdim. Turmush o‘rtog‘im ham jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tkazdi.
Yaratganning sinovi ekan, qizimga ham bo‘ynida limfa bezi saratoni tashxisi qo‘yildi. Bolamda bunaqa dard aniqlanishi xayolimga kelmagandi. Hammasiga shukur qilib yashardim, ammo bu xabarni eshitib o‘zimga sig‘may ketdim”, - deb eslaydi bemorning onasi – o‘zi ham bemor Ziyoda.
Turli xastaliklar bilan tinimsiz olishib kelayotgan ayolning boshidan shu kunga qadar ko‘p qiyinchiliklar o‘tgan. Farzandlariga bo‘lgan mehr, ularning salomatligi uchun shukrona tuyg‘usi uning yashashiga ishonch berayotgan edi.
“Och qolgan, qiynalgan kunlarimiz ham bo‘ldi. Lekin bolalarim borligi menga umid berardi. Shuning uchun o‘zimdagi kasallikni yengib yashardim. Ular uchun o‘zimni tik tutib, ertadan-kechgacha ishlab bolalarimni boqayotgan edim. Turmush o‘rtog‘imning ko‘zi yaxshi ko‘rmaydi, shuning uchun ishlashga imkon yo‘q. Hech qachon bundan noshukur bo‘lmadim.Farzandlarimga ko‘zyoshimni ko‘rsatgim kelmaydi, lekin ichim to‘lgan. Ba’zida og‘irlik qiladi buni ko‘tarish.
Qizimda shu kasal aniqlangandan beri o‘zimda yo‘qman. Bolamga qarab ichim eziladi”, - deya zor qaqshagan onaning so‘zlarini eshitishning o‘zi og‘ir.
Imona 8 yoshda. U sog‘ayishni, ota-onasiga tirgak bo‘lishni istaydi. Uning g‘am to‘la ko‘zlari yashashga chanqoq, onasining qiynalayotganini ko‘rib bir dardi ikki bo‘ladi. Ammo ularda bu og‘ir dard bilan kurashish uchun mablag‘ yo‘q. Qizaloqning dardiga shifo so‘rab duoda bo‘lish, unga yordam qo‘lini cho‘zish deyarli barchamizning qo‘limizdan kelishiga shubha yo‘q.
Imona Tojiboyevaga oid ma’lumotlar:
O‘zkard: 8600 0609 4285 4267 onasi Ziyoda Hojiyorova nomida
Manzil: Toshkent viloyati Ohangaron tumani Evalak qo‘rg‘oni 40-uy.