Ispaniya Kiyevga Leopard tanklarini yetkazib berish jarayoniga qo‘shiladi

Jahon 15:31 / 25.01.2023 5554

Ispaniya Yevropa darajasidagi dastlabki kelishuvga ko‘ra Kiyevga Leopard tanklarini yetkazib berish jarayoniga qo‘shiladi. Bu haqda El País nashri xabar berdi

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Madrid arsenalida 347 ta Leopard tanki mavjud.

Avvalroq Niderlandiya Ukrainaga 18 ta Leopard 2 tankini berish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani xabar berilgandi.

Niderlandiya buning uchun Germaniyadan ijaraga olingan jangovar mashinalarni sotib olishga tayyor. Bu haqda bosh vazir Mark Ryutte Frankfurter Allgemeine Zeitung gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Biz ularni ijaraga oldik, ularni sotib olishimiz mumkin, ya’ni biz ularni xayriya qilishimiz ham mumkin», dedi Ryutte. Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, hozircha tegishli qaror yo‘q va Niderlandiya uni amalga oshirishni kengroq koalitsiyaning bir qismi sifatida ko‘rib chiqishga tayyor - masalan, Finlandiya va Portugaliya bilan.

Ko‘proq yangiliklar: