Rossiyaning «Admiral Gorshkov» fregati yadro kallaklari bilan AQSh tomon harakatlanmoqda - The Sun 

Jahon 22:49 / 24.01.2023 22923

Rossiyaning «Admiral Gorshkov» fregati soatiga 7000 mil tezlikda uchuvchi yadroviy gipertovushli raketalari bilan AQSh tomon suzib ketmoqda va tez orada zarba berish radiusiga kiradi. 

Britaniyaning The Sun nashri xabariga ko‘ra, fregat «Atlantika okeanining neytral suvlarida, Amerika Qo‘shma Shtatlari qirg‘oqlaridan samarali zarba berish masofasida radarlarda aniqlangan». Shu bilan birga, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi bu ma’lumotga hali izoh bermadi. 

Aytilishicha, kema bortida go‘yo «to‘xtatib bo‘lmaydigan» gipertovushli «Tsirkon» raketalari bor. Ular yadroviy kallaklarni tashib yurishga qodir va zarba berish masofasi ming kilometrni tashkil qiladi. 

Rossiya matbuoti fregat imij missiyasi bilan AQSh tomon harakatlanayotganini yozmoqda. U «Rossiya bayrog‘ini okeanlarning strategik muhim hududlarida namoyish qilishi kerak». 

2021 yil oktyabr oyida «Tsirkon» gipertovushli raketasi Rossiyada sinovdan o‘tkazildi. Raketa «Admiral Gorshkov» fregatidan uchirildi va 500 kilometr masofadagi qirg‘oq nishonini urdi. 

Harbiy ekspert Oleg Jdanovning ta’kidlashicha, Rossiyada «Tsirkon» raketalarini ommaviy ishlab chiqarish hali boshlanmagan. 

Ko‘proq yangiliklar: