Ravshan Ubaydullayev forum ishtirokchilari uchun o‘zi boshchilik qilayotgan Amirsoy tog‘-chang‘i kurort zonasi bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.
Ravshan Ubaydullayev o‘z chiqishida Amirsoy hududining yaratilishi, ushbu loyihaning uch yil davomidagi muvaffaqiyati haqida so‘zlab berdi. O‘zbekistonda chang‘i komplekslarini tashkil etish, bu boradagi turizmni rivojlantirishning ahamiyati muhimligini ta’kidlab, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shaxsan o‘zi bu kabi loyihalarning bosh tashabbuskori ekanini alohida qayd etib o‘tdi. Jumladan, Amirsoy dam olish zonasini muvaffaqiyatlarida prezident Shavkat Mirziyoyev shaxsan o‘zi qo‘llab-quvvatlagani ham muhim ahamiyat kasb etganini alohida ta’kidladi.
Ma’lumot uchun, Jahon iqtisodiy forumi har yili o‘tkaziladi. Shveytsariyaning Davos kurort hududi mezbonlik qiladigan ushbu forum bu safar 2023 yilning 16-20 yanvar kunlari bo‘lib o‘tdi. Forumda dunyoning eng ko‘zga ko‘ringan iqtisodchilari, biznes vakillari, tadbirkorlari ishtirok etadi. Ushbu forum davlat va xususiy sherikchilik tamoyillari asosida faoliyat yuritadi. Forumga 1971 yilda asos solingan bo‘lib, uning shtab kvartirasi Shveytsariyaning Jyeneva shahrida joylashgan.