Xitoyda aholining 80 foizi koronavirus yuqtirgani e’lon qilindi 

Jahon 20:37 / 21.01.2023 15482

Xitoyda keyingi ikki-uch oy ichida koronavirusning ommaviy tarqalishi kuchayishi dargumon, chunki odamlarning 80 foizi uni allaqachon yuqtirgan. Bu haqda mahalliy mutaxassisga tayanib Reuters xabar berdi. 

Oy taqvimi bo‘yicha nishonlanadigan yangi yil bayramida odamlarning ommaviy harakatlanishi pandemiyaning tarqalishiga, ayrim hududlarda infeksiyaning kuchayishiga olib kelishi mumkin, ammo yaqin kelajakda COVID-19 ikkinchi to‘lqini yuzaga kelishi dargumon, dedi U Tszunyu, Xitoy Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi bosh epidemiologi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Xitoy koronavirus yuqtirib olish holatlari bo‘yicha yuqori cho‘qqidan o‘tdi. Bir oy oldin kovid cheklovlarining yengillashtirilishi oqibatida, millionlab odamlar u bilan kasallandi. 60 mingga yaqini shifoxonalarda vafot etdi. 

Ba’zi mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu raqamlar vaziyatni to‘g‘ri baholash imkonini bermaydi. Chunki, uyda vafot etganlar bu statistikaga kiritilmagan, shuningdek, ko‘plab shifokorlarga COVID-19 o‘lim sababi ekanini qayd qilish tavsiya etilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: