Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston taekvondo akademiyasi tashkil etiladi
Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston taekvondo akademiyasi va ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekiston taekvondo (WT) assotsiatsiyasi tizimida O‘zbekiston taekvondo akademiyasi hamda 2023-2024 yillari hududlarda 14 ta ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlari tashkil etiladi.
O‘zbekiston taekvondo akademiyasining asosiy vazifalariga taekvondo (WT) bo‘yicha milliy terma jamoalar (kattalar, yoshlar, o‘smirlar, shuningdek, sport faxriylari) a’zolarining jismoniy rivojlanishi, jismoniy tayyorgarligi, funksional holati, texnik-taktik va psixologik tayyorgarligini o‘rganish kiradi.
Taekvondo (WT) bo‘yicha milliy terma jamoalarni xalqaro musobaqalarga tayyorlashda ularga amaliy va ilmiy-metodik jihatdan ko‘maklashish, taekvondo (WT) bo‘yicha ilg‘or tajribalarni o‘rganish va mamlakatimizda joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, xorijiy mamlakatlarning yetakchi muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirishga ham Akademiya ko‘maklashadi.
Ixtisoslashtirilgan taekvondo markazlari esa hududiy terma jamoalar a’zolarining respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi uchun zarur bo‘lgan mahorat va ko‘nikmalar chuqur rivojlantirilishini ta’minlash, sportchilar zaxirasini tayyorlash uchun zarur tashkiliy, o‘quv-metodik, psixologik-pedagogik, tibbiy-biologik va moddiy-texnik shart-sharoitlar yaratib beradi.
O‘zbekiston taekvondo akademiyasi 2023 yil 1 sentabrdan boshlab o‘z faoliyatini boshlaydi.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
Toshkentda YPX xodimi xizmat mashinasida mototsiklchi bilan poyga o‘ynadi
O‘zbekiston | 17:53 / 12.07.2025
Jar yoqasidagi soha: Muammolar ko‘rsatildi, vazirlar esa jim
O‘zbekiston | 16:43 / 12.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston hududiga juda issiq havo oqimi kirib keladi, Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi - mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 00:06
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48 / 15.07.2025
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36 / 15.07.2025
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22 / 15.07.2025
Mavzuga oid

15:02 / 30.06.2025
Gurbanguli Berdimuhamedov taekvondo bo‘yicha «9-dan» faxriy unvonini oldi

14:46 / 14.04.2025
Arab moliya akademiyasi O‘zbekistonda o‘z filialini ochishi mumkin

22:27 / 04.12.2024
Ulug‘bek Rashitov jahonning 2024 yildagi eng yaxshi taekvondochisi bo‘ldi

20:07 / 08.08.2024