Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani xalq ta’limi bo‘limining uch nafar mansabdoriga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Viloyat prokuraturasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Dehqonobod tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri, bosh hisobchi va sobiq bosh hisobchisiga Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Ularga nisbatan sudning tegishli ajrimi bilan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.