O‘zbekistonda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi

Jamiyat 10:16 / 15.01.2023 12825

O‘zbekiston prezidenti topshirig‘iga ko‘ra, o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Turkiyaning Sog‘lik bilimlari universiteti bilan hamkorlikda Toshkentda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligida universitet rektori Javdat Erdol bilan o‘tgan muloqot chog‘ida bu bo‘yicha kelishuvga erishildi.

SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yangi o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlaydigan akademiyada hamshiralarni tayyorlash 4 yillik o‘quv dasturi asosida Sog‘lik bilimlari universiteti professor-o‘qituvchilari tomonidan xalqaro ta’lim standartlari asosida amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, ta’limning ikki yili O‘zbekistonda va ikki yili Turkiyada olib boriladi.
 
Shuningdek, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Turkiya Sog‘lik bilimlari universiteti rahbariyati o‘rtasidagi muloqotda yurtimiz tibbiyot tizimi uchun rahbar kadrlarni tayyorlash maqsadida bakalavriat bosqichida “Tibbiyot menejmenti” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 4 yillik qo‘shma dastur yo‘lga qo‘yiladi. Bu loyihada ham talabalar ikki yil Turkiyada tahsil oladi.

Ko‘proq yangiliklar: