Namangan viloyatining Chortoq, Davlatobod, Uychi, Pop tumanlaridagi xonadonlarda yong‘in yuz berdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar qildi.
14 yanvar kuni Chortoq tumanidagi «Komillik» MFY, Davlatobod tumanidagi «Nurobod» MFY, Uychi tumanidagi «Obod» MFY hududidagi xonadonlarda yong‘in yuz bergan. 15 yanvar kuni esa Pop tumani «Guzar» MFY hududida joylashgan xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘lgan.
Sodir bo‘lgan yong‘inlar yong‘in qutqaruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida kuyib tan jarohati olgan hamda halok bo‘lgan fuqarolar yo‘q.
Yong‘inlarning aksariyati xonani isitish maqsadida foydalanilayotgan gaz, o‘tin, ko‘mir va boshqa yoqilg‘ilarni uzoq vaqt yoqib nazoratsiz qoldirilishi oqibatida sodir bo‘layotgani aniqlangan.
Hozirda sodir bo‘lgan yong‘inlar yuzasidan tergovga qadar surushtiruv ishlari olib borilmoqda.