O‘zbekistonda internetga qo‘yilgan cheklovlar oqibatida kelib chiqqan zarar hisoblandi

Fan-texnika 01:37 / 12.01.2023 80215

Top10VPN xizmati 2022 yilda internet va ijtimoiy tarmoqlarning cheklanishi tufayli mamlakatlar iqtisodiyotiga yetkazilgan zararni hisoblab chiqdi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2022 yilda 5630 soat davomida internet va ijtimoiy tarmoqlarga cheklov qo‘yilgan. Bu 1 mln 280 mingga yaqin foydalanuvchini qamrab olgan. Moliyaviy zarar miqdori 219,7 mln dollarga teng.

Internetga jiddiy cheklov qo‘ygan 23 ta mamlakat ro‘yxatida O‘zbekiston 5-o‘rinda qayd etilgan. 

Birinchi o‘rinda katta farq bilan Rossiya bormoqda. Bu davlatning «Roskomnadzor» tashkiloti 2022 yilda bir qator yirik, jumladan, Facebook, Twitter va Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarni bloklab qo‘ygan edi. Rossiyada internetga qo‘yilgan cheklovlar oqibatida kelib chiqqan zarar 21,5 mlrd dollardan oshadi. 

Shuningdek, O‘zbekistondan oldinda qayd etilgan mamlakatlar ro‘yxatida Eron, Qozog‘iston va Myanma ham bor.

2021 yilda «O‘zkomnazorat» 13 oy davomida bir qancha xorijiy ijtimoiy tarmoqlarni, jumladan, VKontakte, Twitter, WeChat, Skype kabi internet xizmatlaridan foydalanishni sekinlashtirdi. Resurslar 2021 yilning yozidan boshlab «shaxsiy ma’lumotlar sub’yektlari huquqlarini buzuvchilar» ro‘yxatiga kiritildi.

2021 yil noyabr oyida ushbu ro‘yxatga qisqa muddat davomida YouTube, Facebook, LinkedIn, Instagram, Odnoklassniki, Telegram va Moy Mir kiritildi. Biroq, bir necha soatdan keyin cheklovlar bekor qilindi.

Twitter, WeChat va VKontakte tarmoqlariga qo‘yilgan cheklovlar 2022 yil 1 avgustdan olib tashlandi.

Shuningdek, 2022 yil iyun oyi oxiri va iyul oyida Qoraqalpog‘istonda ommaviy tartibsizliklar paytida va undan keyingi favqulodda holat joriy etilganda rasmiylar tomonidan internet cheklab qo‘yilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: