O‘zbekistonga import sement asosan Tojikistondan olib kirilyapti
O‘zbekistonga 11 oyda 2,1 mln tonna sement import qilingan.

Foto: Getty Images
2022 yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekistonga qiymati 87,4 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 2,1 mln tonna sement import qilingan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, sement importi hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 420 ming tonnaga kamaygan.
2022 yilning 11 oyida oyida O‘zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar orasida Tojikiston birinchi o‘rinni egalladi – 903 ming tonna.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Qirg‘iziston – 623,5 ming tonna;
- Qozog‘iston – 558,6 ming tonna;
- Eron – 17,6 ming tonna;
- Turkmaniston – 12,7 ming tonna;
- Xitoy – 1,4 ming tonna;
- Rossiya – 1,1 ming tonna.
Mavzuga oid

15:35 / 24.02.2025
Notarif cheklovlar fonida O‘zbekistonga yengil avtomobillar importi keskin qisqardi

09:20 / 08.02.2025
Yuk mashinalari importiga imtiyozlar 2028 yilgacha uzaytiriladi

09:10 / 07.02.2025
2024 yili qancha elektromobil import qilingani aytildi

18:17 / 30.01.2025