eTIR — yuk tashish uchun yagona tranzit ruxsatnomasi bo‘lib, tomonlarni ortiqcha qog‘ozlar byurokratiyasidan ozod qiladi. Bu haqda tomonlarga yangi elektron tizimni joriy etishda ko‘maklashgan BMT rasmiy sayti xabar qilmoqda.
Raqamli rasmiylashtirilgan yukning ilk partiyasini O‘zbekiston Ozarboyjonga yetkazib berdi. Avval 4 ta konteynerga joy bo‘lgan yuklar Toshkent xalqaro aeroportiga yuk mashinasida, u yerdan Bokuga samolyotda yetkazildi.
Shunday qilib, O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasida jahonda ilk bor xalqaro belgilanishi eTIR bo‘lgan yangi «xalqaro yo‘l tashuvlari» elektron tizimi orqali savdo amalga oshirildi. Yevropa iqtisodiy komissiyasi «xalqaro yuk tashuvlarda raqamli davr boshlangani» haqida e’lon qildi.
Transport tashuvlarini yaxshilash Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari hamkorligini rivojlantirish uchun muhim omil hisoblanadi. TIR — yagona tranzit ruxsatnomasi — bu g‘oyaning real amalga oshirilishi bo‘lgan.
1975 yilda Yevropa iqtisodiy komissiyasi shafeligi ostida BMT «xalqaro yo‘l tashuvlari (XYT) kitobchasidan foydalanib yuklarni tashish to‘g‘risida bojxona konvensiyasi» qabul qilingan edi. Konvensiyadan ko‘zlangan maqsad chegaralarni kesib o‘tayotgan yuklarni rasmiylashtirishni soddalashtiruvchi yuk transportirovkasi tizimini yaratish edi (O‘zbekistonda ushbu konvensiya 1996 yilning 28 martidan kuchga kirgan).
Yangi qoidalarni reallikka joriy etish BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasi XYT kotibiyatining xalqaro tashuvlar va tranzitni modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan ko‘p yillik urinishlaridan so‘ng imkonli bo‘ldi. XYT Konvensiyasi standart xalqaro tan olingan bojxona hujjati — XYT kitobchasidan foydalanib, tovarlarni tranzit tashuvini osonlashtiruvchi xalqaro tan olingan jarayonni nazarda tutadi. Biroq texnologiyalar rivojlanib borishi bilan qog‘ozda chop etilgan XYT kitobchasidan foydalanish eskirgan usul bo‘lib qolaverdi, ayniqsa milliy bojxona ma’muriyatlari ularni elektron jarayonlarga bog‘lab qo‘yishganidan so‘ng.
eTIR jarayonini tatbiq etish XYT konvensiyasiga 2021 yilning may oyida kuchga kirgan 11-ilova qabul qilinganidan so‘ng imkonli bo‘ldi. Bu ilova eTIR jarayonini, jumladan, eTIR xalqaro tizimiga joylashtirish va ma’murchilik qilishni, kitobcha egalari shaxsiga aniqlik kiritish, shuningdek, eTIR’ni joriy etish bo‘yicha texnik organning tarkibi, funksiyalari va tamoyil qoidalarini ham tartibga soladi.