Xonadonda qulay haroratni saqlagan holda, qanday qilib isitish xarajatlarini tejash mumkin?

Jamiyat 12:08 / 10.01.2023 16490

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi uy va xonadonlarda qulay haroratni saqlab turgan holda, isitish xarajatlarini qanday qilib tejash mumkinligi haqida tavsiyalar berdi.

  • Isitish radiatorlarida kiyimlarni quritmaslik. Bu radiatorlar ishlab chiqaradigan issiqlik miqdorini kamaytiradi.
  • Mebelni radiatorlardan uzoqroq joylash kerak. Yumshoq mebeldagi serkovak (penoplast) juda kuchli issiqlik izolyatori bo‘lib, xona isishiga to‘sqinlik qiladi.
  • Quyosh chiqqanda pardalarni ochish va D vitaminini xonaga kiritish kerak. Quyosh nuri uyni tabiiy ravishda isitishi mumkin.
  • Tirqish va darchalarni to‘ldirish kerak.
  • Issiq suv uchun issiqlik izolyatsiyalangan suv saqlash tanklaridan foydalanish tavsiya qilinadi. Bunday qurilmalarda isitilgan suv uzoq vaqt sovimaydi va uni tez-tez isitishga hojat tug‘ilmaydi.
  • Isitish jarayonini avtomatlashtirish kerak. Zamonaviy gaz isitish tizimlarida yonilg‘i ta’minotini tartibga soluvchi qurilmalar – qozon (tank) avtomatizatsiyasi bo‘lishi shart. Bunday tizim uyning tashqarisida va ichidagi havo harorati sensorlarini o‘z ichiga oladi. Tashqi harorat o‘zgarganda, bu qurilmalar tartibga solish tizimiga signal yuboradi va isitish qozonidagi gaz oqimi oshadi.

Avvalroq, 10-15 yanvar kunlari anomal sovuq bo‘lishi e’lon qilingach, Sog‘liqni saqlash vazirligi sovuqning inson salomatligiga qanday ta’sir etishi, uning zararli oqibatlaridan saqlanish bo‘yicha tavsiyalarini bergan edi.

Ko‘proq yangiliklar: