Toshkent tibbiyot akademiyasida tibbiyot ilmida faoliyat olib borayotganlar uchun “Journal of Education Scientific Medicine” ilmiy jurnali Oliy attestatsiya komissiyasidan ro‘yxatdan o‘tdi, tavsiya etilgan onlayn jurnallar ro‘yxatiga kiritildi.
Mazkur jurnalda maqolalar tahrirlanib, Google Scolar va MDA orqali (indekslanadi) tekshiriladi.
Shuningdek, tayyorlagan maqolalarni onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin bo‘ladi. Maqolaning noyoblik darajasi tekshirilib, jiddiy taqrizdan o‘tkaziladi.