Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida sobiq iqtisodchining firibgarligi fosh bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti xabar bermoqda.
Boyovut tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman xalq ta’limi bo‘limi sobiq iqtisodchisi G.A. va boshqalar 2020–2021 yillarda bosh hisobchi lavozimida ishlagan B.M., M.N.ga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha yetkazilgan moddiy zararni qoplab berish evaziga to‘rt nafar fuqaroning jami 65 ming dollari va 240 million so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.