Surxondaryoda Labo kanalga tushib ketdi, haydovchi halok bo‘ldi

Jamiyat 20:54 / 02.01.2023 20632

Surxondaryo viloyatida mast holda Labo mashinasini boshqargan haydovchi kanalga tushib ketgan va halok bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.

Hodisa bugun, 2023 yil 2 yanvar kuni Angor tumanida sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi mast holda mashina boshqargan va tezlikni oshirib boshqaruvni yo‘qotgan. Oqibatda, u voqea joyida halok bo‘lgan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, kanal ustidagi ko‘prik avtomobillar harakatlanishi uchun talablarga javob bermagan. Uning chetlarida himoya to‘siqlari bo‘lmagan.

Ko‘proq yangiliklar: