Huquqni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi ijodkorlar taqdirlandi

Jamiyat 16:02 / 27.12.2022 20676

Huquqni va qonun ustuvorligini targ‘ib qiluvchi eng yaxshi jurnalistik material va blogpostlar jamoatchilik faollari va ekspertlardan iborat komissiya tomonidan saralab olingach, 2 ta: huquqni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi jurnalistik material hamda blogpost nominatsiyalari bo‘yicha g‘oliblarning nomi e’lon qilindi.

“Huquqni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi jurnalistik material” nominatsiyasida:

1-o‘rin – Shuhrat Latipov (Gazeta.uz muxbiri)

2-o‘rin – Jamshid Niyozov (Kun.uz muxbiri)

3-o‘rin – Nurxon Elmirzayeva (“XXI ASR” gazetasi bo‘lim mudiri)

“Huquqni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi blogpost” nominatsiyasida:

1-o‘rin – Saidali Muxtoraliyev (Yuristkadr Telegram-kanali asoschisi)

2-o‘rin – Otabek Bakirov (Bakiroo Telegram-kanali asoschisi)

3-o‘rin – Sherzod Egamberdiyev (yurist bloger)

27 dekabr kuni g‘oliblar vazirlik tomonidan esdalik sovg‘alari va diplom bilan taqdirlandi.

Ko‘proq yangiliklar: