Toshkent shahri Chilonzor tumanida 18 dekabr kuni Cobalt va Gentra ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar berishicha, Lacetti Cobalt ortidan kelib urilishi oqibatida voyaga yetmagan shaxs vafot etdi.
18 dekabr kuni taxminan soat 17:30 larda Chilonzor tumani Cho‘ponota ko‘chasida 1983 yilda tug‘ilgan U.T. boshqaruvidagi Lacetti yo‘l chetidan orqaga harakatlanayotgan 1960 yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvidagi Cobalt bilan to‘qnashgan.
YTH oqibatida Lacetti haydovchisi U.T., Cobalt haydovchisi M.A. va yo‘lovchisi 2011 yilda tug‘ilgan M.M. olgan jarohatlari sabab tibbiy muassasaga olib borilgan. Biroq tibbiyot xodimlarining sa’y-harakatlariga qaramasdan 2011 yilda tug‘ilgan M.M. vafot etgan.
Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan xabarlarda Lacetti ichidagilar, jumladan haydovchi ham mast holatda bo‘lgani aytilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov jarayoni davom etmoqda.