Qashqadaryoda 28 yoshli ayolning jasadi hammomdan topildi

Jamiyat 21:56 / 21.12.2022 16702

Ijtimoiy tarmoqlarda Kasbi tumanida yashovchi ayolning jasadi hammomdan topilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bosh prokuratura matbuot kotibi hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 2022 yil 16 dekabr kuni ayol ijarada yashayotgan xonadonda sodir bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan. Tekshirish davomida ayolni sobiq turmush o‘rtog‘i qasddan o‘ldirgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, holat bo‘yicha 2022 yil 17 dekabr kuni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: