Qashqadaryo viloyati Koson tumanida sodir bo‘lgan YTHda Spark haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 2022 yil 19 dekabr kuni soat 7:15 larda A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” avtomobil yo‘lining Koson tuman “Pudina” QFYdan o‘tgan 73-kilometrida sodir bo‘lgan.
Mirishkor tumani “Zafarobod” MFYda yashagan haydovchi Spark mashinasi bilan Qarshi-Koson yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib, o‘zidan oldinda ketayotgan “GAZ-53” yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.
Oqibatda, Spark haydovchisi og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan. Spark yo‘lovchisi N.S. esa shifoxonada vafot etgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.