Prezident Shavkat Mirziyoyevning Uchtepa tumaniga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, 14-17 dekabr kunlari Toshkent shahrining barcha tumanlaridagi ko‘p qavatli uylar atrofini obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Obodonlashtirish tadbirlarida ko‘p qavatli uylarning kirish yo‘laklari, tom qismi, yerto‘lalar tozalanib, chiroqlar o‘rnatilmoqda, sport va bolalar maydonchalari ta’mirlanmoqda:
- Bektemir tumanida 7 ta mahalla hududidagi 105 ta ko‘p qavatli uy, jami 32 ming kv.metr maydon tozalandi. 11 ta elektr shit tartibga keltirildi, kirish yo‘laklariga 22 ta harakat datchik o‘rnatildi;
- Mirzo Ulug‘bek tumanida 9 mahalla hududidagi 324 ta ko‘p qavatli uy obodonlashtirilib, jami 112,8 ming kv.metr maydon tozalandi. 18 ta elektr shit tartibga keltirildi va kirish yo‘laklariga 36 ta harakat datchikli chiroq o‘rnatildi;
- Shayxontohur tumanida 4 ta mahalla hududidagi 47 ta uy obodonlashtirildi. Tadbir davomida 14,5 ming kv.metr maydon tartibga keltirildi. 14 ta elektr shit tartibga keltirildi. 14 ta kirish yo‘laklariga harakat datchikli chiroqlar o‘rnatildi;
- Yakkasaroy tumanida 6 ta mahalla hududidagi 132 ta ko‘p qavatli uyda obodonlashtirish olib borildi. Jami 121,5 kv.metr maydonda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. 11 ta elektr shitlar tartibga keltirildi, kirish yo‘laklariga 26 ta harakat datchikli chiroqlar o‘rnatildi;
- Sergeli tumanida 4 ta mahallada 115 ko‘p qavatli uyda obodonlashtirish ishlari olib borildi. Tadbir davomida jami 12,7 ming kv.metr maydon obodonlashtirildi. 22 ta elektr shit tartibga keltirildi, 32 ta kirish yo‘laklarga harakat datchikli chiroqlar o‘rnatildi;
- Yashnobod tumanida 5 ta mahallada 148 ta uyda obodonlashtirildi. Uylarga tutash hududdagi 18 ming kv.metr maydon obodonlashtirildi. 19 ta elektr shit tartibga keltirildi, 24 ta harakat datchikli chiroq o‘rnatildi;
- Yunusobod tumanida 6 ta mahalla hududidagi 124 ta uyda obodonlashtirish ishlari olib borildi. Jami 115,2 kv.metr maydon obodonlashtirildi. 16 ta elektr shit tartibga keltirildi, 30 ta kirish yo‘laklariga harakat datchikli chiroqlar o‘rnatildi.