Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gap faqat Messida emas. Nega Argentinaga muxlislik qilish kerakligi haqida
Bugun yilning asosiy futbol o‘yini o‘tkaziladi - jahon chempionatida final. Argentina va Fransiya terma jamoalari turnir davomida yorqin ishtirok etishdi va bosh sovrindan bir qadam berida turishibdi.

Foto: Global Look Press
Ilgari, futbol bu qadar kundalik hayotimizga aylanmagan paytlarda dunyo futbol yulduzlarini faqat jahon chempionatlarida tomosha qilgan. Peleni faqat Braziliya, Eysebioni Portugaliya, Maradonani Argentina libosida tasavvur qilishgan. Ularga berilgan baho aynan mundiallarda ko‘rsatgan o‘yini asosida berilgan.
To‘g‘ri, boshqa guruh ham bor - Di Stefano, Jorj Best, Kenni Dalglish kabi. Bilasizmi, ularni ilk sanalgan nomlar bilan bir qatorda tilga olishga nimadir yetishmayotgandek bo‘ladi. Ko‘pincha, ma’lum klublar bilan tilga olinishadi: «Real» afsonasi, «Liverpul» tarixidagi eng yaxshisi va hokazo. Futbol afsonasi deyish uchun o‘sha yetishmayotgan jihat - albatta, mundiallar.
Hozir ko‘p narsa o‘zgargan. Butun dunyo hamma yulduzlarni har hafta tomosha qiladi. Ularga muxlislik qiladi, birga g‘alaba qozonadi, mag‘lubiyatlarining guvohi bo‘ladi. Avvalgidek, kimgadir baho berish uchun to‘rt yil mundialni kutish ehtiyoji ham yo‘q, aslida. Futbolchi o‘z ishini qilyapti, o‘ta yuqori darajada, eng zo‘r boshqa futbolchilarga qarshi o‘z mahoratini har hafta namoyish qilyapti, nega endi, shu yetarli emas?
Afsuski, konservativ inglizlar yaratgan futbol ham o‘ta konservativ. Tarix shundog‘am konservativ. Futbol tarixi, demak o‘z nomi bilan shunaqa, mohiyat, shakl o‘zgargan bo‘lsa-da, o‘lchovlar o‘zgarmas ekan. Pele va Maradona bilan birga tilga olinmoqchimisiz, har eslanganda «lekin jahon chempioni bo‘lolmagan-da» degan qo‘shimchadan qutulmoqchimisiz, bugungi finalni yutishingiz shart!
Messiga aytyapman.
Qizig‘i, anchadan beri futbolchilarga jahon chempioni bo‘lish talabini qo‘ymayotgandik. Nechta futbolchi bor, Bekhem deysizmi, Figu, Azar, De Bryuyne, Runi, Raul, Badjo-yu Zlatan, ularning zo‘r futbolchi sifatida tan olamiz, undan zo‘ri bo‘lmagan paytlar ham bo‘lgan, muammosiz, ammo Messi va Ronaldu qarichni ancha keng olishdi, o‘z davri emas, ularning qarichi o‘sha elliginchi yillardan, Pele porlagan paytlargacha uzaydi. Nimayam derdik, oson emas bu maydon ichida turmoq.
Men Messichi emasman. Ronalduchi ham emas. Lekin ular shu darajaga yetishdiki, hatto birining muvaffaqiyati ikkinchisini ham buyuklashtiradi - agar Messi jahon chempioni bo‘lsa, u futbol qirollaridan biriga, Ronaldu esa, mana shunday qirol bilan raqobat qila olgan buyuk shaxsga aylanib qoladi. Har ikkisi «katta davrda futbolning cho‘qqisida turib, lekin chempion bo‘lolmagan ikki omadsiz» ta’rifidan qutulishadi. Messi va Ronaldu odam-futbolchilardan alohida bir «tur», bugun Messi mana shu «tur»ni ham himoya qilib chiqadi.
Messining chempion bo‘lishi, demak Ronaldu ham bemalol chempion bo‘la olardi, degan farazni isbotlab qo‘yadi. Shunaqa.
Ikki mamlakat, o‘nlab futbolchi maydonga tushadigan, balki butunlay boshqa nomlar hal qiladigan o‘yin oldida faqat Messini tilga olayotganimning sababi shu. Ayni damda Messi muhimroq, hammasidan kattaroq. Bugun oddiy final emas.
Fransuzlar va uning muxlislari xafa bo‘lishmasin. Ular chempionlikka albatta loyiq. Tarkibdan «Oltin to‘p» egasini chiqarib turib ham, finalgacha yetib kelish katta salohiyatdan darak beradi, qoyil. Ammo futbolning zarracha insofi bo‘lsa, shundoq ham to‘rt yil oldin chempionlikni yutgan bu jamoa katta tarixning muhim savoliga nuqta qo‘yilayotgan daqiqalarda xalaqit bermay turadi. Uzr.
Qahramon Aslanov
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniyadan bir hafta ichida ikkinchi deportatsiya reysi uchib ketdi
Jahon | 14:46
-
Mubashshir Ahmadga nisbatan ochilgan jinoyat ishi sudga oshirildi
Jamiyat | 14:39
-
Germaniya va Fransiya FCAS jangovar samolyoti bo‘yicha kelishmovchilikni hal qilmoqchi
Jahon | 14:06
-
🔴 LIVE: Istanbul muzokaralarining 3-raundi qanday o‘tdi?
Jahon | 14:05
Mavzuga oid

11:31 / 06.07.2025
Messi avval golga sababchi bo‘ldi, keyin esa ikkita chiroyli gol bilan kambek qildi

13:36 / 30.06.2025
«PSJ» Messi va jamoasini ayamadi. O‘yin taqdiri birinchi bo‘limdayoq hal bo‘ldi

19:05 / 26.06.2025
Ronaldu Saudiya Arabistonida qoldi

12:31 / 20.06.2025