FAO Osiyo davlatlarida aholi ko‘proq kaloriyali oziq-ovqat iste’mol qila boshlaganini ma’lum qildi

Iqtisodiyot 11:49 / 16.12.2022 2538

E’lon qilingan hujjatda qishloq xo‘jaligi sohasida bandlik statistikasi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, o‘g‘itlar va pestitsidlar savdosi, atrof-muhit va iqlim o‘zgarishi omillari ta’siri aks ettirilgan. Unda oziq-ovqat xavfsizligi darajasini ko‘rsatadigan ma’lumotlar ham mavjud.

Hisobotda odamlar ko‘proq kaloriyali oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qila boshlagani, so‘nggi yigirma yil ichida bu ko‘rsatkich Osiyo mamlakatlarida oshgani alohida qayd etilgan. 

Kundalik ovqatlanish o‘rtacha energiya qiymati odam boshiga kuniga deyarli uch ming kaloriyani, Yevropa va Shimoliy Amerikada esa kuniga uch yarim ming kaloriyani tashkil etadi.

Ko‘proq yangiliklar: