Ushbu material Telegram tarmog‘idagi ommabop kanallar, Facebook'dagi guruhlar va kolbasa brendlari sahifalarida berilgan ko‘plab savollar asosida yaratilgan.
Har kuni ijtimoiy tarmoqlarning foydalanuvchilari izohlar yozib qoldirishadi, sotib olgan mahsulotlarining fotosuratlarini chop qilishadi va muhokamaga uchraydigan asosiy mavzulardan biri - oziq-ovqat, xususan, kolbasa va kolbasa sifati hisoblanadi. Ochiq va rost javoblar formatida bozor yetakchilaridan biri iste’molchilarning eng qattiq tanqidlariga ham mas’uliyat bilan tushuntirish beradi, masalan, nega ko‘pchilik kolbasada go‘sht yo‘q, lekin qog‘oz bor deb o‘ylaydi yoki nega ishlab chiqaruvchilar kolbasa tayyorlash jarayonlarni ko‘rsatmaydilar.
SHERIN kompaniyasi — yuqori sifatli kolbasa, go‘shtli delikateslar va yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqaruvchisi. Bozorda 2003 yildan beri faoliyat yuritadi. Kompaniya portfeliga 100 dan ziyod kolbasa va kolbasa mahsulotlari turlari va bir qancha brendlar kiradi.
Korxona tarixi O‘rikzor ulgurji bozoridagi kichik do‘kondan boshlanib, bugungi kunda tez o‘sib borayotgan va xaridorlar mehrini qozongan kompaniyaga aylandi.
Bugungi kunda SHERIN kompaniyasi - yuqori samarali kompaniya bo‘lib, xaridorlar mehrini tez qozonib kelmoqda.
Yaqin kunlarda kompaniya ishlab chiqarish quvvatini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Instagram: @tm_sherin
Reklama huquqi asosida