O‘zbekistonda bir kunda 2800 dan ortiq chaqaloq tug‘ildi

Jamiyat 13:08 / 13.12.2022 9016

O‘zbekistonda 12 dekabr kuni soat 8:00 dan 13 dekabr kuni soat 8:00 gacha, ya’ni bir sutka davomida 2806 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Shtabiga kelib tushgan ma’lumotlarda aytiladi.

Shundan 1492 nafari o‘g‘il bola, 1314 nafari qiz bola, 29 nafari egizaklar.

Hududlar bo‘yicha tug‘ilishlar soni:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 153 nafar
  • Andijon viloyati — 217 nafar
  • Buxoro viloyati — 159 nafar
  • Jizzax viloyati — 137 nafar
  • Qashqadaryo viloyati — 292 nafar
  • Navoiy viloyati — 84 nafar
  • Namangan viloyati — 266 nafar
  • Samarqand viloyati — 285 nafar
  • Sirdaryo viloyati —72 nafar
  • Surxondaryo viloyati — 251 nafar
  • Toshkent viloyati — 154 nafar
  • Farg‘ona viloyati — 319 nafar
  • Xorazm viloyati — 145 nafar
  • Toshkent shahri — 272 nafar.
Ko‘proq yangiliklar: