Qashqadaryodagi tug‘uruqxonada chiroq o‘chib, chaqaloqlar sovuqda qolib ketdi

Jamiyat 14:32 / 11.12.2022 21248

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani Chiyali qishlog‘ida joylashgan tug‘uruqxonada chiroq o‘chib, chaqaloqlar sovuqda qolib ketgani aytilgan videotasvir tarqaldi.

Videoda ayollar tug‘uruqxonadagi xonalardan birida o‘rab qo‘yilgan chaqaloqlarni ko‘rsatishgan. Ular chiroq yo‘qligi tufayli isitish tizimi ishlamayotgani va chaqaloqlar sovuqda qolib ketganini aytishgan.

Tuman hokimligi axborot xizmati o‘z munosabatida holatni tasdiqladi:

«Ko‘kdala tumani Chiyal hududidagi tug‘uruqxonada chiroq yo‘qligi aytilayotgan videomurojaat masalasida hozirda Qashqadaryo viloyati HETK xodimlari muammoni bartaraf etish choralarini ko‘rishmoqda. Tuman hokimligi ishchi guruhi vaziyatni joyida o‘rganish uchun yuborildi. Tez orada ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot beriladi», deyiladi munosabatda.

Ko‘proq yangiliklar: