“O‘zbekneftgaz”: Aholi iste’moli uchun berilayotgan tabiiy gaz hajmi oshirilishi sabab “Uzbekistan GTL” zavodida ishlab chiqarish kamaytirildi

Jamiyat 20:18 / 09.12.2022 13049

2022-2023 kuz-qish mavsumi davomida respublikada aholi va ijtimoiy soha obektlarida tabiiy gaz iste’moli oshishi hisobiga, GTL zavodiga berilayotgan gaz hajmi 50% ga kamaytirilgani sababli qurilmalarning barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash, ishlab chiqarish hajmi kamaytirilishi aholining sintetik dizel mahsulotlariga bo‘lgan talab hamda ehtiyojlariga salbiy ta’sir qilmasligi yuzasidan zaruriy topshiriqlar berildi. 

Qo‘shimcha ravishda, “Uzbekistan GTL” zavodida bug‘ generatorlari orqali elektr energiyasi ishlab chiqarilishi va zavod avtomonom elektr energiya ta’minotida ekspluatatsiya qilinishini inobatga olib, ishlab chiqarish jarayonida foydalanishidan ortib qoladigan elektr energiyasi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tizimiga uzatish ko‘rsatkichlarini ko‘paytirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

Tashrif mobaynida, “Uzbekistan GTL” zavodning asosiy ishlab chiqarish qurilmalarida amalga oshirilayotgan ishlar hamda qurilmalarning bugungi holati, ishlab chiqarish hajmi kamaytirilishi jarayonlarida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ishlarning joriy holati o‘rganildi.

Qurilmalarda ekspluatatsiya davrini uzaytirish uchun o‘rganishlar olib borish va qurilmalarda faoliyat yuratayotgan xodimlarni doimiy ravishda bilim va malakalarini oshirib borishga qaratilgan ko‘rsatmalar berildi.

Boshqaruv raisi tomonidan “Uzbekistan GTL” zavodida bugungi kunga qadar umumiy hisobda 200 ming tonnadan ortiq sintetik yoqilg‘i mahsulotlari ishlab chiqarilganini va uzluksiz ravishda O‘zbekiston Respublikasi tovarxomashyo birjasi savdosi platformasi orqali realizatsiya qilinayotgani va iste’molchilarga yetkazib berilayotganini alohida e’tirof etdi.

Tashrif yakunida “Uzbekistan GTL” zavodining ishchilar shaharchasida kompaniyaning xodimlarining yashash, mehnat faoliyatlari va dam olish uchun yaratib berilgan sharoitlari bilan tanishib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, zavodda yiliga qiymati 1 milliard dollardan ziyod bo‘lgan 1,5 million tonna tayyor suyuq mahsulotlar ishlab chiqariladi. Jumladan, 307 ming tonna aviakerosin, 724 ming tonna dizel yoqilg‘isi, 437 ming tonna nafta, 53 ming tonna suyultirilgan gaz tayyorlanadi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Ko‘proq yangiliklar: