2022 yil noyabr oyida respublika bo‘yicha 34 735 ta nikoh holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 309 taga oshgan.
Hududlar kesimida qayd etilgan nikohlar soni bo‘yicha Samarqand viloyati birinchi o‘rinni egalladi – 4196 ta holat.
Undan keyingi o‘rinlardan mos ravishda 4188 ta hamda 3864 ta nikoh holati qayd etilgan Qashqadaryo viloyati va Farg‘ona viloyati joy oldi.
Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega bo‘ldi:
- Surxondaryo viloyati – 3593 ta;
- Andijon viloyati – 3396 ta;
- Namangan viloyati – 2986 ta;
- Toshkent viloyati – 2360 ta;
- Toshkent shahri – 2095 ta;
- Xorazm viloyati – 1875 ta;
- Buxoro viloyati – 1776 ta;
- Jizzax viloyati – 1463 ta;
- Qoraqalpog‘iston R. – 1357 ta;
- Sirdaryo viloyati – 874 ta;
- Navoiy viloyati – 712 ta.