Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada profilaktika inspektori o‘zini otib qo‘ydi
O‘zining bosh qismiga tabel quroli bilan o‘q uzgan inspektor Katta Farg‘ona kanali yoqasidagi yo‘l bo‘yida, o‘zining Spark avtomobilida koma holatida topilgan va shifoxonaga yotqizilgan. U avgust oyida totalizatorda 45 mln so‘m yutqazgani uchun intizomiy nazoratda turgan.

Foto: Kun.uz
Toshloq tumanida profilaktika inspektori tabel quroli bilan o‘zining boshiga o‘q uzgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Toshloq tumani IIB profilaktika inspektori katta leytenant A.U. 5 dekabrda tungi xizmatdan chiqib, tuman IIBda o‘tkazilgan ertalabki yo‘riqnomaga kelmagan, u bilan bog‘lanishning imkoni bo‘lmagan.
Surishtiruv ishlari davomida katta leytenant A.U. yashash xonadonidan taxminan 3 km uzoqlikdagi Besarang qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi Katta Farg‘ona kanali yoqasidagi yo‘lning chetida, o‘ziga tegishli bo‘lgan “Spark” avtomobilida, o‘ziga biriktirilgan PM tabel quroli bilan bosh qismidan jarohatlangan, koma holatda topilgan va zudlik bilan tibbiy muassasaga joylashtirilgan.
Aniqlanishicha, xodim “1xbet” ilovasidan foydalanib, shu yil avgust oyida 45 mln so‘m yutqazgan. Uning qarzdorlik muammosi hal etilib, intizomiy tartibda jazolangan hamda viloyat IIB qoshidagi Intizomiy kengashning nazoratida bo‘lgan.
Hozirda holat viloyat prokuratura organlari tomonidan o‘rganilmoqda.
Farg‘ona viloyat IIBning qayd etishicha, respublika kesimida qimor o‘yinlari bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarliklar soni 2019 yilda 1 454 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilning 6 oyida 2 325 taga yetgan. Bu o‘yinlarni tashkil etish bilan bog‘liq jinoyatlar 2019 yilda 55 ta bo‘lsa, 2022 yilning 6 oyida 90 tadan oshgan.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00 / 29.07.2025
-
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
-
Putinda 10 kun bor – Tramp Ukrainadagi urush bo‘yicha yangi bayonot berdi
Jahon | 23:14 / 29.07.2025
-
Toshkent viloyati IIBB va Samarqand viloyati IIB rahbarlari o‘zgardi
O‘zbekiston | 23:00 / 29.07.2025
Mavzuga oid

19:38 / 29.01.2025
Yaponiyada 2024 yilda bolalar o‘rtasida rekord darajada o‘z joniga qasd qilish holatlari qayd etildi

19:22 / 15.11.2024
Amerikalik harbiy xizmatchilar orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari ortdi

19:12 / 26.02.2024
«Falastinga ozodlik!» – amerikalik harbiy Isroilning Vashingtondagi elchixonasi oldida o‘zini yoqib yubordi

17:24 / 14.12.2023